“Aniq koordinatali qishloq xo‘jaligi va unda ma’lumotlarni qayta ishlash” kurslari bo‘yicha WebEx platformasi orqali onlayn seminar

“Xorijiy universitetlardagi innovatsion yechimlarni joriy etish orqali qishloq xo‘jaligida muhandis kadrlarni tayyorlash dasturlarini takomillashtirish” loyihasi doirasida Missisipi shtati universiteti professori Ganesh Bora ishtirokida shu yil 15-27 iyun kunlari “Aniq koordinatali qishloq xo‘jaligi va unda ma’lumotlarni qayta ishlash” kurslari bo‘yicha WebEx platformasi orqali onlayn seminar tashkil etilmoqda.

Seminar haftani dushanba-juma kunlari Missisipi vaqti b-n soat 7.00-10.00 Toshkent vaqti b-n 19.00-22.00 da o‘tkaziladi, tashkil etiladigan seminarga professor o‘qituvchilar, doktorant va magistrantlar taklif etiladi!

Seminardagi tinglovchilar soni chegaralangan. Seminarda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabgorlar aif-agr-eng@tiiame.uz elektron pochta yoki 97 343 3437 telefon raqami orqali 12 iyungacha bog‘lanib kurslarga yozilishlari yoki kurslar haqida qo‘shimcha ma’lumotlar olishlari mumkin. Seminarning faol ishtirokchilari sertifikat bilan taqdirlanadilar.

Traktorlar va avtomobillar kafedrasi