Ingliz tili kurslarida oʻqishni xoxlovchilar diqqatiga!

Institutda amalga oshirilayotgan “Xorijiy universitetlardagi innovatsion yechimlarni joriy etish orqali qishloq xo‘jaligida muhandis kadrlarni tayyorlash dasturlarini takomillashtirish” loyihasi doirasida tashkil etiladigan Elementary 2 darajali ingliz tili kurslariga professor o‘qituvchilar va magistrantlar taklif etiladi. Kurslardagi tinglovchilar soni chegaralangan. Kurslarda ingliz tilini o‘rganishni xoxlovchilar V-306 xonada kurslarga yozilishi/ro‘yxatdan o‘tishi so‘raladi. Talabgorlarni suhbatdan o‘tkazish 11 oktyabr juma kuni soat 15.00da tashkil etiladi. Darslarni 14 oktyabrdan boshlash rejalashtirilgan (mashg‘ulotlar xaftasiga 3 marta 2 soatdan 8 hafta davomida o‘tiladi). Elementary 2 darajani muvaffaqiyatli tugatganlar Pre-intermediate 1 darajada o‘qishni davom ettirishi mumkin. Kurslarda o‘qish bilan bog‘liq xarajatlar loyiha tomonidan qoplanadi.

Traktorlar va avtomobillar kafedrasi