Korruptsiyaga qarshi kurash

"Korruptsiyaga qarshi kurash borasida Oʼzbekiston Respublikasi davlat siyosatining asosiy yoʼnalishlari" bugungi kunda dolzarb mavzudir. Аyni paytda jamiyatning ogʼriqli nuqtasi ham shundadir. Bugun "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti maʼruzalar zalida fakultet dekani Sh.Narbaev va yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H.Eshova tashabbusi bilan Korruptsiya jamiyat rivojiga gʼov boʼlayotgan balo, illat" mavzusida fakultetimiz professor-oʼqituvchilari va xodimlari oʼrtasida tadbir oʼtkazildi. Unda institut Yoshlar bilan ishlash boʼyicha boʼlim boshligʼi Haydarov Zuhriddin, fakultet dekani Sharofiddin Narbaev Kengashovich, professor-oʼqituvchilar Аltiev Аbdurashid Sultonovich hamda davlat kadastrlari kafedrasi mudiri Qosimjon Raxmonovlar oʼz maʼruzalari bilan ishtirok etishdi. Ular korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish barcha davlat va jamoat tashkilotlari hamda moliyaviy muassasalarning ustuvor vazifasi boʼlmogʼi lozim.

Prezidentimiz "Korruptsiya jamiyat rivojiga gʼov boʼlayotgan balo, illat" ekanini eslatarkanlar, bu mudhish illatni qanday yoʼl bilan ildizlarini quritish mumkinligi borasida hammamizga topshiriq va takliflar berayotganlari ham masalaning jiddiyligini, bu jamiyatimiz uchun katta xavf ekanligini bildiradi. Shuningdek, mamlakatimiz taʼlim tizimini tubdan takomillashtirish, uning sifati hamda samaradorligini oshirish, taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasida keng koʼlamli ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, oliy oʼquv yurtlariga qabul jarayonlarining shaffofligini taʼminlash, taʼlimdagi korruptsiya va poraxoʼrlikning oldini olishga ham astoydil kirishilgan. Korruptsiyaga qarshi kurashish borasida joriy yilda taʼlim sohasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuq va yoʼl qoʼyilgan kamchiliklar, boʼyicha maʼlumotlar berildi. Xullas, jamiyatning chirishiga, yemirilishiga yuz tutadigan eroziyaga oʼxshash bu illatni tag tomiri bilan qirqib tashlash kerakligi tadbirda qayta-qayta eslatildi.

TIQXMMI matbuot xizmati