Inson ma’naviyatini tarbiyalashda teatr san’atining o‘rni beqiyos. Zero, san’at insonni ma’naviy jihatdan boyitadi, ijodiy qobilyatini rivojlantiradi, ezgulik sari yetaklaydi. Yaqinda “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Eshova hamda fakultet murabbiylar kengashi raisi A.Muqimov boshchiligida fakultetining 10 ga yaqin guruh va 300ga yaqin talaba-yoshlari spektaklga tushib, yuqoridagi gap naqadar to‘g‘ri ekaniga yana bir marta amin bo‘lishdi.
O‘zbekiston davlat drama teatrida Said Ahmadning xajviy hikoyalari asosida (sahnalashtiruvchi rejissyor S. Meliev) spektakl namoyish etildi. Ushbu spektaklda bir mahallada yashovchi qo‘shnilarning munosabatlari kulgu orqali yoritib berilgan. Spektakl satirik komediya janrida bo‘lib, muammolar va vaziyatlar kulgili tarzda ifoda etildi. Ushbu spektakl talabalarda katta taassurot qoldirdi.
YERB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti