“Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish” kafedrasi talabalarni ilmiy yangiliklar va bu borada amalga oshirilayotgan ilmiy ishlar,innovatsiyalar bilan tanishtirishni o’z oldiga maqsad qilib olgan. An’anaviy tarzda innovatsion yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida “Muammoli ma’ruzalar” tashkil qilinmoqda.Bu ma’ruzaga talabalarning qiziqishini inobatga olib “Irrigatsiya suv muammolari ilmiy tadqiqot instituti” ilmiy xodimi Samandar Gapparov taklif qilindi.
,,Gidromelioratsiya” fakulteti 4-kurs talabalariga “Qishloq xo’jaligida suvdan foydalanish samaradorligini oshirish va paxta xom ashyosini yetishtirishda bajariladigan agrotexnik tadbirlar” to’g’risida ma’lumot berildi. Suhbat qizg’in bahs - munozaralarga boy tarzda davom qildi. Qishloq xo’jaligida suvdan foydalanish samaradorligini oshirish bo’yicha agrotexnik tadbirlar to’g’risida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Uchrashuv savol- javob tariqasida bo’lib o’tdi. Bunday tadbirlar kafedramizda an’anaviy tarzda davom qilmoqda.
GMTF kafedrasi stajyor o’qituvchisi M.Rustamova axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati