2021 yil 1 may kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamda institutning Buxoro va Qarshi filiallari professor-o‘qituvchilari, yosh olimlari hamda doktorantlarining xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasi (Scopus va WoS)dan samarali foydalanishlari, xalqaro talablar asosida nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarga maqolalar tayyorlash, topshirish hamda h-hirsh indeks ko‘rsatkichlariga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan seminar - trening tashkil qilindi.Seminar - trening prof. Obid Tursunov spikerligida “Yirtqich nashriyotlarda maqola chop qilish oqibatlari va sifatli nashriyotlarni tanlash mexanizmlari” mavzusida o‘tkazildi.
Seminar-treningda institutimiz hamda filiallardan 750 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar, doktorantlar qatnashishdi. Qatnashchilar “yirtqich” jurnallarni aniqlash, maqola tayyorlashda Scopus va WoS bazalarida indeksatsiya qilingan Q1 va Q2 kvartilli ilmiy jurnallarni tanlash bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar olishdi. Maqolani chop qilish xamda maqolani yozish uslublari va uni chop etishda kuzatiladigan muammolar, ularni bartaraf qilish bo‘yicha bir qator fikrlar almashilindi. Spiker prof.Obid Tursunov tomonidan maqola sifatini oshirishdagi asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha tushuntirishlar misollar tariqasida ko‘rsatib berildi. Seminar savol - javoblarga boy tarzda o‘tdi.
TIQXMMI Ilmiy bo‘limi axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati