2021 yil 31 oktyabr kuni TIQXMMI sport majmuasida “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti talaba yoshlari o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha Dekan kubogi turniri o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muhim tashabbusi doirasida tashkil etilgan sport tadbiri talaba yoshlarni darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda ularni sport jalb etish, jismonan sog‘lom bo‘lishiga xizmat qiladi. Futbol turniri murosasiz qizg‘in kurashlar asnosida o‘tdi. Turnir yakunida g‘olib jamoalar aniqlanib, chempion bo‘lgan jamoaga kubog topshirildi.
SXTE va B fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiev ma’lumoti
TIQXMMI matbuot xizmati