Joriy yilning 29 oktyabr kuni YRB, GTS fakulteti 2-4-kurs talaba qizlari bilan institut psixologi M.K. Muxamedova, YRB fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini H.Eshova, gumanitar fanlar kafedrasi o'qituvchisi N. Rahmonberdiyeva, 4-TTJ tarbiyachi pedagogi N.Isoqulova va Lashkarbegi MFY oila, xotin-qizlar va ijtimoiy ma'naviy masalalari bo'yicha rais o'rinbosari Z.M. Rasuliy, H. Olimjon MFY oila, xotin-qizlar va ijtimoiy ma'naviy masalalari bo'yicha rais o'rinbosari M. Shirmuxamedovalar birgalikda “Biz zo'ravonlikka qarshimiz!!!” mavzuida davra suhbati o'tkazishdi. Tadbir Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida sodir bo'lgan noxush hodisa boshqa OTMda yuz bermasligini oldini olish maqsadida o'tkazildi.
Tadbir davomida talaba qizlarga 2.09.2019 yilda «Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida»gi O'RQ-561-son Qonuni haqida eslatib o'tildi. Tadbirda yig'ilish ishtirokchilaridan “Zo'ravonlikni aniqlash” mavzuida so'rovnoma olindi. Tadbir davomida Lashkarbegi MFY oila, xotin-qizlar va ijtimoiy ma'naviy masalalari bo'yicha rais o'rinbosari Z.M. Rasuliy, H. Olimjon MFY oila, xotin-qizlar va ijtimoiy ma'naviy masalalari bo'yicha rais o'rinbosari M. Shirmuxamedovalar yig'ilish ishtirokchilariga “Inson huquqlari” haqida ma'lumotlar berib o'tishdi. Tadbirda MFY xodimlari bilan hamkorlikda tadbirlar tashkil etishga kelishib olindi. Va davra suhbati qizg'in tarzda yakunlandi.
Institut psixologi M.K. Muxamedova ma'lumoti.