TIQXMMI Buxoro filiali o’qituvchisi Xoliqova Manzura Buxoro viloyat hokimi tomonidan e’tirof etildi

Buxoro shahridagi “Rudizar” tantanalar saroyida 1-oktyabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram dasturi boʻlib oʻtdi. Bayram munosabati bilan sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarni ona Vatanga muhabbat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash yoʻlidagi ibratli faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun bir guruh oʻqituvchi va murabbiylarga viloyat hokimligining tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari topshirildi.

TIQXMMI Buxoro filiali o’qituvchisi Xoliqova Manzura ham Buxoro viloyat hokimi Botir Zaripov tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovgʻalarini qabul qilib oldi. M. Xoliqovaning keyingi ilmiy faoliyatlariga omad yor bo’lsin!

 

 

TIQXMMI Buxoro filiali matbuot xizmati