Innovatsion texnologiyalar amaliyotda

27-sentyabr kuni Qashqadaryo viloyati, Koson tumani, Po’lati QFY fermer хo’jaligida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va Xitoy fanlar akademiyasi Xinjiang ekologiya va geografiya instituti o’rtasida tuzilgan memorandumga asosan “Gidravlika va gidroinformatika” va “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedralari bilan hamkorlikda olib boriyayotgan “Green Aral Sea Megascience Initiative” hamda № 2019-2-01- sonli «Исследование водного баланса и анализ тенденций в Республике Каракалпакстан» loyihasi doirasida konferensiya o’tkazildi.

Ushbu konferensiyada zamonaviy sug’orish texnika va texnologiyalari tinglovchilar e’tiboriga havola etildi. Konferensiyada turli vazirliklar, viloyat va tuman hokimliklari, suv va qishloq ho’jaligi sohasi mutahassislari, ilmiy tadqiqot institutlari hodimlari, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamda uning Qarshi filliali yosh olimlar va talabalari ishtirok etishdi va suv tejamkor texnika, texnologiyalari bo’yicha tajribalarini o’rtoqlashishdi, o’zlarining bilim va ko’nikmalarini oshirishdi.

                  

  TIQXMMI  matbuot xizmati