TIQXMMIda ingliz tili fanidan o‘tkazilgan   maktab olimpiadasi g‘oliblarini tagdirlash

Joriy yilning 1 noyabr sanasida  TIQXMMI qoshida tashkil qilingan aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Ingliz tili fanidan yuqori ko‘rsatkichlarni ko‘rsatib, maktab ichki olimpiadasida faxrli o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar institutimizning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Prof.B.Hudoyorov tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan tagdirlanishdi.

1-o‘rin -Jabborova Roza

2-o‘rin-Abduraximov Alisher

3-o‘rin-Kuchimov Murodali

 

G‘oliblarni tagdirlash jarayonida Prof.B.Hudoyorov maktabimiz o‘quvchilarini   matematika, fizika va ingliz tili fanlarini yanada chuqur o‘rganishlari uchun barcha sharoitlar yaratish, o‘quvchilarni turli laboratoriya mashg‘ulotlarida institut talabalari bilan ishlashga  jalb qilish orqali o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash maktabimiz kelajagi uchun muhimligini ta’kidlab o‘tdilar.Tadbirda maktab direktori dos.K.Kubyashev ham ishtirok etib, institut va maktab o‘rtasidagi hamkorlikni yanada oshirish borasida yanada faollik bilan harakat qilish, maktab bitiruvchilarining Oliy Ta’lim Muassasalariga qabul qilinib, talaba bo‘lishdek baxtga sazovor bo‘lishlarida- barchamiz birdek ma’sul ekanimizni, ta’kidlab o‘tdilar.

Eslatib o‘tamizki, joriy yilning oktyabr oyida  institutimizdagi Britaniya Kengashi Kasbiy Rivojlantirish Markazida, ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari uchun “Ingliz tili” fanidan maktab bosqichi olimpiadasi bo‘lib o‘tgan edi. Olimpiadada  9-sinf o‘quvchilari Oxford Online English platformasidagi topshiriqlarni Markaz va ARM kompyuterlarida bajarib, turli natajalarni qo‘lga kiritishgan edi. Shuningdek, institut va maktabda faoliyat yuritib kelayotgan “Ingliz tili” kafedrasi katta o‘qituvchilari G.Eshchanova va U.Nullaev  olimpiadani maktab bosqichini o‘tkazishda va o‘quvchilarni olimpiadaga tayyorlashdagi faolliklari uchun Prof.B.Hudoyorov tomonidan  tashakkurnoma bilan tagdirlanishdi.  Olimpiada g‘olibi bo‘lgan  o‘quvchimiz Roza Jabbarova respublika bosqichiga tavsiya qilindi. Maktab direktori dos.K.Kubyashevga o‘z vazifasini sidqidildan bajarayotganligi va erishilayotgan natijalari uchun rahbariyat tomonidan tashakkur izhor etildi.   Umid qilamizki, maktab va institut o‘rtasidagi hamkorlik kelgusida o‘quvchilarni o‘z kasblarini tanlashlarida yordam beradi.

 

TIQXMMI matbuot xizmati