Ilmiy izlanishlar davom etmoqda

Katta Fargʼona magistral kanali boshqarmasi bilan tuzilgan № 15/2021-sonli «Suv tejovchi texnologiyalar joriy qilingan sugʼoriladigan maydonlarda tuproq sharoitini inobatga olgan holda mavjud kollektor-drenaj tarmoqlarining texnik parametrlarini takomillashtirish» mavzusidagi xoʼjalik shartnomasining 2021 - yilda rejalashtirilgan ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish maqsadida institut Birinchi prorektori B.Mirzayevning 2021-yil 27-oktyabrdagi 89 x/s – sonli buyrugʼiga asosan, loyihada ishtirok etayotgan bir guruh prof-oʼqituvchi hamda doktorantlar yurtimizning Fargʼona viloyatida xizmat safarida boʼlib qaytdilar.

Xizmat safari davomida viloyatda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish boʼyicha ilgʼor sanalgan “Fargʼona global tekstil” klasteri hamda “21-asr xirmoni” fermer xoʼjaliklari ekin maydonlarida joriy vegetatsiya mavsumidagi oʼzgarishlarni baholash maqsadida tadqiqotlar olib borildi.

 

TIQXMMI  matbuot xizmati