Erasmus+ xalqaro kredit mobillik dasturi doirasida Avstriyaning Salzburg universitetiga STIPENDIYA LOYIHASI

  

 

 Mazkur stipendiya dasturi Geografik axborot tizimlari (GAT) sohasi ilmiy ish, tajriba almashish, malaka oshirish hamda o’qishni istagan institut professor-o’qituvchilari, magistrlik diplomiga ega bo’lgan xodimlar, shuningdek doktorantura ixtisosligi bo’yicha ta’lim olayotgan doktorantlar uchun mo’ljallangan.

Ushbu grant 4 oyga mo’ljallangan bo’lib, doktorantura ixtisosligi (PhD) uchun 2 ta o’rin, Professor-o’qituvchilar hamda ishchi xodimlar (Staff) uchun 1 ta o’rin ajratilgan

 Doktorantlar (Phd) bo’yicha o’qishni istaganlar uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  1. Pasport nusxasi;
  2. CV (yevropa standarti bo’yicha) http://europass.cedefop.europa.eu ;
  3. Sohaga oid Magistrlik diploma yoki doktoranturada taxsil olayotganligi to’g’risidagi hujjat;
  4. Diplom ilovasi (ingliz tilidagi tarjimasi bilan);
  5. Rejalashtirilgan o’quv kurslari ro’yxati;
  6. Ingliz tili darajasini aniqlab beruvchi sertifikat (IELTS, TOEFL uning ekvivalentiga teng bo’lgan hujjat);
  7. Maqsadni ifodalab beruvchi xat (Letter of motivation);
  8. Nomzodni qo’llab-quvvatlovchi xat; (Letter of support);
  9. Chop etilgan maqolalar ro’yxati;
  10. Oldingi qo’lga kiritgan grantlari to’g’risida ma’lumot;
  11. Salzburg universitetida o’qish istagini haqidagi ma'lumot.

 

Professor-o’qituvchilar hamda ishchi xodimlar (Staff) uchun talab etiladigab hujjatlar ro’yxati:

  1. Pasport nusxasi;
  2. CV (yevropa standarti bo’yicha) http://europass.cedefop.europa.eu/ ;
  3. “Geospatial” bo’yicha training hamda o’qitish bo’yicha ro’yxat;
  4. PLUS da rejalashtirilgan ishlar ro’yxati;
  5. Ingliz tili darajasini aniqlab beruvchi sertifikat (IELTS, TOEFL uning ekvivalentiga teng bo’lgan hujjat);
  6. Maqsadni ifodalab beruvchi xat (Letter of motivation);
  7. Nomzodni qo’llab-quvvatlovchi xat; (Letter of support);
  8. Chop etilgan maqolalar ro’yxati;
  9. Oldingi qo’lga kiritgan grantlari to’g’risida ma’lumot;

 

Yuqorida sanab o’tilgan hujjatlar tarjibi bo’yicha jamlangan holda .pdf formatida elektron ko’rinishda institutning 11-binosida joylashgan “Xalqaro hamkorlik bo’limi” 2018 yilning 7-iyuliga qadar topshirishlari mumkin.

Murojaat uchun; Tel: +99871 237-09-87

                       Email: international@e-tiiame.uz

Barcha xarajatlar Yevroppa Ittifoqining Erasmus+ xalqaro kredit mobillik loyihasi doirasida qoplanadi.

TIQXMMI Xalqaro hamkorlik bo‘limi