Jamoaviy birlik, yakdillik tuyg‘usi insonga g‘urur va iftixor baxsh etadi. Bir kishining yutug‘idan butun jamoa ruhlanadi. Kuni kecha ana shu yutuq va faxr tuyg‘usi bizni xushnud etdi. O‘zbek milliy kurash turlaridan biri «Belbog‘li kurash» hisoblanadi. Bu sport turi Respublikada keng tarqalgan. Bu bellashuvlarda kuragi yer iskamagan kurashchi polvonlarimiz yurtimiz dovrug‘iga dovrug‘ qo‘shganlar. Belbog‘li kurashda ham ajoyib usullar qo‘llaniladi, ular har qanday muxlisga zavq-shavq bag‘ishlaydi.
2021-yil 1-may kuni Jizzax viloyatida Respublika bo‘yicha o‘tkazilgan Belbog‘li kurash bo‘yicha "Xotira turniri" sport musobaqasining final bosqichida "Gidromelioratsiya" fakulteti 4/17 guruhi talabasi Pirmatov Xislat musobaqada mutloq vazn toifasida faxrli 1-o‘rinni egallab bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Bu natija uni yanada yuqori pog‘onalar sari yetaklashiga ishonch hosil qilamiz.
“Professional ta’lim va jismoniy madaniyat”
kafedrasi M.Norqobilov axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati