Farzandlarimizning jismonan va ma’nan yetuk bo‘lib ulg‘ayishida muhim ahamiyatga ega. Yurtning obodligi, xalqning farovonligi mahalla va qishloqlardan boshlanishi bor gap. Darhaqiqat, yosh avlod vakillarining har jihatdan sog‘lom va barkamol ulg‘ayishida sportning o‘rni beqiyos. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanzatsiyalash muhandislari instituti “Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakulteti “Mirzakalon Ismoiliy” mahalla yoshlari sport to‘garaklariga tashrif buyurdilar.
Umuman olganda, yoshlarimizni har jihatdan yetuk insonlar qilib voyaga yetkazish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar, chora-tadbirlar natijasida ular ilm-u fanda, sportda o‘zga yurtlar yoshlaridan aslo kam emasliklarini isbotlashmoqda. Zero, islohotlardan ko‘zlangan ezgu maqsad ham ana shundan iboratdir. Mahalladoshlar, bir yerga jam bo‘lib, do‘stlik aloqalari, hamjihatlik tuyg‘ularidan yana bir karra dillari yayradi.
“Qishloq va suv xo‘jaligi
energiya ta’minoti” fakultetining Yoshlar
bilan ishlash dekan o‘rinbosari O.Habibullaev
TIQXMMI matbuot xizmati