2-dekabr "Yer resurslarini boshqarish" fakultetiga qarashli 1–TTJda 1 – kursga qabul qilingan talaba yoshlar bilan institut psixologi M.K. Muxamedova “Maqsad va uning xususiyatlari” mavzuida tadbir o'tkazdi. Tadbir boshida tanishuv treningi o'tkazildi. Bunda ishtirokchilarga o'z ismlarining har bir harfiga bittadan o'zlarida mavjud sifat keltirish ko'rsatmasi berildi. Bu trening hamma ishtirokchilar bir – birlarining ismlari va ularga tegishli sifatlar haqida yaqindan bilib olishlariga ko'mak berishi uchun o'tkazildi. Keyingi mashg'ulot “Mening kayfiyatim” deb nomlanib, zo'riqishlarni bartaraf etish, ichki ruhiy holatni “eshita bilish” kabi qobiliyatni rivojlatirishga qaratilgan.Tadbirda institut psixologi M.K. Muxamedova ishtirokchilaga maqsad va uning xususiyatlari, maqsadni to'g'ri va aniq qo'yish hamda unga erishish yo'llari, orzu bilan maqsadning farqlanishi, orzuni maqsadga aylantirish usullari to'g'risida ma'lumotlar berdi. Ma'lumotlar amaliy mashg'ulotlar bilan mustahkamlandi. Institut psixologi M.K. Muxamedova va TTJda pedagoglik faoliyatini olib borayotgan tarbiyachilar A. Hayitova, N. Holiqova va fakultet yoshlar bilan ishlash dekan o'rinbosari H. Eshovalar yoshlarga o'z hayot tajribalaridan misollar keltirishib talaba yoshlarga maqsadga erishish uchun motivatsiya bo'luvchi usullar haqida batafsil tushunchalar berib o'tishdi. Tadbirda psixologik jumboqlarga yechim topilib, savol – javoblar o'yini o'tkazildi. Tadbir qizg'in tarzda o'z poyoniga yetdi.
TIQXMMI matbuot xizmati