Ko‘p yillardan beri institutimizda faoliyat yuritib, ko‘pchilikka o‘rnak bo‘lib kelayotgan Kuranboy Ziyatovichning xonadoniga 70 yoshga to‘lganligi munosabati bilan institut rektori nomidan Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor R.Choriyev, Ishlar boshqarmasi boshlig‘i B.Xasanov, Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi F.Irisovlar tabriklash maqsadida tashrif buyurdilar.
Kuranboy Ziyatovichni muborak tavallud ayyomlari bilan yana bir bor chin qalbimizdan tabriklaymiz. Xalq oldidagi xizmatingiz, o‘z kasbingizga bo‘lgan fidoiylik, jonkuyarlik, halollik kabi xislatlaringiz institut jamoasi tomonidan qadrlanadi.Ularga uzoq umr, oilaviy hotirjamlik, sadoqat bilan olib borayotgan fidokorona ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
TIQXMMI matbuot xizmati