Navbatdagi ochiq dars

2019 yil 2 aprel kuni soat 08-30 da 612-xonada “Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasi dotsenti T. Bayzakovning “Svetotexnika va elektrotexnologiya” fanidan “Yuqori va o‘ta yuqori bosimli lampalar” mavzusidagi ochiq darsi bo‘lib o‘tdi.
Ochiq darsda qishloq va suv xo‘jaligi texnologik jarayonlarida eng ko‘p qo‘llaniladigan elektr yoritish lampalari, ya’ni yuqori va o‘ta yuqori bosimli lampalarning turlari va ishlash prinsiplari, ulanish sxemalari, asosiy tasniflari kabi materiallari zamonaviy pedagogik texnologiyalar va original lampalar misolida bayon etildi. unda ko‘rgazmali qurollar va kompyuter texnikasi qo‘llanildi. Tarqatma materialda: darsning mavzusi, rejasi, maqsadi hamda rejaga mos ravishda mavzuni yorituvchi materiallar ko‘rsatib berilganligi ham ahamiyatlidir.

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov