Dunyoda kasblar juda ko’p, har birining hayotda o’z o’rni va ahamiyati bor. Lekin ular orasida bir ulug’ kasb borki, boshqa barcha kasblar uning negizida shakllanadi va taraqqiy etadi. Bu o’qituvchilik kasbidir.
Ustoz – muallimsiz qolganda zamon,
Nodonlikdan qaro bo’lardi zamon.
1-oktyabr “O’qituvchi va murabbiylar” kuni munosabati bilan kafedra dotsenti S.E.Nurjanov, assistentlar S.M.Qodirov va Q. Sh. Eshquvatovlar mana shu kasbga umrini baxsh qilgan uzoq yillar davomida minglab shogirdlar tayyorlagan, kelajak avlodlarga ko’pgina ilmiy me’ros qoldirgan “Geologiya va gidrogeologiya” kafedrasi dotsenti Umarova Muattar Rashidovna xonadonlariga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida ustoz bilan dildan suhbat qilinib, ustozlar va shogirdlar bir - bir esga olindi. Tashrif so’ngida institut rahbariyati tomonidan taqdim qilingan esdalik sovg’alari topshirildi.
TIQXMMI matbuot xizmati