Barchamizga ma’lumki, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida "Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limi" tashkil etilib akademik guruhlarda tyutorlik faoliyati boshlab yuborildi. Ishga yangi qabul qilingan tyutorlar dastavval talablarga fakultet dekanlari tomonidan tanishtrildi. Ularning kasbiy kompitentligini oshirish maqsadida 1-6 noyabr kunlariga mo‘ljallangan seminar-trening tashkil etilib mutaxassislar tomonidan har kuni trening amalga oshirilmoqda.
Tyutorlarni ta'lim tarbiya va bilimlarni oshirish maqsadida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Pedagogika fanlari doktori Choriyev Roʻzimurat Kungratovich, “Gumanitar fanlar” kafedrasi professori Q.Nazarov, “Professional ta'lim va jismoniy tarbiya ” kafedrasi mudiri va institut Xotin qizlar masalalari bo‘yicha maslaxat kengash raisi professor Ismailova Zuxra Karabayevna, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Haydarov Zuhriddin Rabievich, "Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limi" boshlig‘i Shafkarov Bahrom Xudoyberdievichlar tomonidan tasdiqlangan reja asosida turli mavzularda seminar-treninglar olib borildi.
Ish faoliyatining dastlabki kunlaridanoq tytorlar akademik guruhlar bilan ishlarni olib borishda, jumladan, fakultetda talabalarning tartib intizomi, talabalar turar joylaridagi yashash sharoitlarini o‘rganish, ijarada yashovchi talabalarning holidan xabar olish va ularning muammolarini o‘rganish, shuningdek, sport tadbirlariga jalb etish va Adiblar xiyobonida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda jonbozlik ko‘rsatishmoqda. Umid qilamizki, ushbu soha vakillari kelgusida institutimizda hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan yoshlar siyosatini amalga oshirishda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi.
TIQXMMI matbuot xizmati