Tyutorlarning lavozim vazifalari, huquq va majburiyatlari bo‘yicha trening

Tyutorlarning lavozim vazifalari, huquq va majburiyatlari bo‘yicha trening

2021 yilning 4 noyabr kuni tyutorlar uchun tashkil etilgan seminar-trening doirasida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifiat bo‘limi boshlig‘i Zuhriddin Haydarov tomonidan “Institut tyutorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xodimlardan talab qilinadigan kasbiy-malaka talablari, mahorat va ijro intizomi hamda ttorlar tomonidan yuritiladigan tashkiliy-me’yoriy xujjatlar va monitoringi” mavzusida trening tashkil etildi.

Trening davomida tyutorlarga lavozim vazifalari, ularning huquq va majburiyatlari, ular tomonidan akademik guruhlarda amalga oshiriladigan ishlar, o‘tkazildadigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, tyutorlar tomonidan yuritiladigan me’yoriy hujjatlar va ularni monitoring qilish bo‘yicha atroflicha ma’lumot va tushuntirish berildi. Trening yakunida tyutorlar tomonidan berilgan savollrag javob berildi. Tyutorlik faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida ular tomonidan berilgan takliflar muhokama qilindi.

TIQXMMI matbuot xizmati