Bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari yarmarkasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 avgustdagi PQ № 3913-son Qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mexnat munosabatlari vazirligi tomonidan tashkil etilgan Yoshlar ijod saroyida “BO‘SH (VAKANT) ISH O‘RINLARI YARMARKASI” da institutning (2019-2020 o‘quv yili) bitiruvchilari faol ishtirok etishdi. Unda “Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” Aksiyadorlik jamiyati va “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” Aksiyadorlik jamiyatlari bilan institut bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha shartnomalar tuzishga kelishildi.

“Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring” bo‘limi X.Xayitov