Bayram muborak!

Ayol zoti o'zining nafosati va latofati, muhabbati va sadoqati, onalik mehri bilan tom ma'noda Yaratganning tengsiz mo'jizasidir. Bahor faslining eng go'zal shukuhi, nafosat va go'zallikni tarannum etuvchi kirib kelayotgan 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan institutimiz rektori bayram tabrigi "Yer resurslarini boshqarish" fakultetida tahsil olayotgan barcha aziz va mo'tabar ayollarimizga fakultet dekani Sh.Norbayev tamonidan tantanali ravishda topshirildi. Ayollarimiz hamisha betakror go'zallik, jozibali nafosat va latofati tark etmasin. Bayramingiz muborak bo'lsin aziz va mo'tabar ayollar.!!!

TIQXMMI matbuot xizmati