Teleko'rsatuvdagi tarix
"Gumanitar fanlar"kafedrasi a’zolari "O‘zbekiston tarixi" telekanalida "Amir Temur va Temuriylar davrida baxshilik san’ati va irrigatsiya tizimlari tarixi" mavzusida ko‘rsatuvda ishtirok etdilar. Ko‘rsatuvda kafedra mudiri t.f.d. Sh.M. O‘ljayeva, Amir Temur va Temuriylar davrida irrigatsiya tarixi bo‘yicha ilmiy ish olib borayotgan tayanch doktorant Muazzam Mahmudova, "Amir Temur va temuriylar davrida bog‘chilik san’ati tarixi" mavzuida ilmiy ish olib borayotgan kafedra o‘qituvchisi Laziz Baxtiyorov ishtirok etdilar va ular o‘rta asrlardagi bog‘chilik san’ati, ularning tarixi, joylashuv o‘rinlari, ulardan olinadigan saboqlar, qayta tiklash va bugungi kundagi amaliy ahamiyati haqida atroflicha so‘zlab o‘tdilar. Amir Temur davridagi bog‘lar poytaxt va jami katta shaharlar bog‘lar bilan o‘rab olingandi.
Atrofdagi bog‘lar Amir Temur davrida megapolis shahar sanalgan Samarqandda mikroiqlim paydo qilgan. Bir-biriga ulanib ketgan bu bog‘lar o‘sha davrning botanika bog‘lari edi. Birinchi marta me’moriy-badiiy yechim, favvoralar, landshaft dizayni bog‘chilik tizimiga kirib kelgan. Bu bog‘lar bugungi kunda ekologik muammolarni bartaraf qilishda, bog‘chilik san’ati va turizmni rivojlantirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
TIQXMMI matbuot xizmati