2019 yil 6 sentyabr kuni soat 10:00 da TIQXMMI ma’ruzalar zalida “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti talaba yoshlari va professor o‘qituvchilari uchun Muqimiy nomidagi O‘zbekiston Davlat musiqali teatri aktyorlari, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Maqsuda Otajonova va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Aleksandr Bekjonovlar ishtirokida “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostida “Istiqlol qahramonlari” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirni fakultet dekani R. Xakimov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbir mehmonlari davlatimiz mustaqilligining 28 yilligi bayrami bilan tabriklab, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, o‘zgarishlar va yangilanishlar xususida o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashishdi. Qizg‘in savol-javoblar, jonli kuy-qo‘shiqlar tadbirga fayz bag‘ishladi!
“SXTE va B” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiyev axboroti.
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov