Xotira abadiy, qadr muqaddas

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbuslari bilan 1999-yili 9-may kuni O‘zbekiston poytaxtida Xotira maydoni ochilishi keng ma’noda o‘zbek xalqi uchun tantanavor katta bayram bo‘ldi desak, xato bo‘lmaydi. Zero, Xotira va qadrlash tushunchasi chuqur ma’noga egadir. Shu sababli har yili  9-may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami keng nishonlanib kelinmoqda. Ushbu bayram mustaqil O‘zbekistonda asrlar davomida qahramonona o‘lkamizni himoya kilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va xalqining tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotirasiga bag‘ishlangan. Ushbu kunda fashizmga qarshi kurashda qatnashgan, Vatanini himoya qilishda jonini fido kilgan milliy kahramonlarimizni ruhini shod etish biz tiriklar uchun ham farz, ham karzdir. Shunday ekan, hozirgi avlod ikkinchi jahon urushida qatnashgan, bu ayovsiz jang-u jadalda qahramonlarcha halok bo‘lgan va Vatanini himoya qilishda jonini fido qilgan milliy kahramonlarimizning xotirasi aslo o‘chmaydi.

O‘tganlarning nomlarini yod etish, xotirasini hurmat bilan eslash, ularning ruxlarini shod qilish, tiriklarini hurmat qilish va e’zozlash xalqimizning muqaddas odati sifatida qon-qonimizga singib ketgan. Shu maqsadga erishish yo‘lida Vatanimizning ertangi ravnaqi uchun bizning tayanchimiz va suyanchimiz bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalash, talabalarimiz va farzandlarimizga zamonaviy bilim berish va ularni haqiqatan ham hal qiluvchi kuchga aylantirish eng asosiy vazifamiz ekanini hech qachon unutmasligimiz shart. Hurmatli USTOZ MURABBIYLAR! “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti dekanati vatandoshlarimizga, jumladan talaba-yoshlarni Vatanimiz ravnaqi uchun tarbiyalashda, tinmay mehr va muruvvat ko‘rsatayotgan institumizning barcha professor o‘qituvchilariga tinchlik-omonlik, baxt va omad tilaydi.
 

YBIB bo‘yicha dekan muovini K.Usmonov
TIQXMMI matbuot xizmati