“Qo’l jangi”

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti  Sh. Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusni targ'ib qilish, talabalarni sportga bo'lgan qiziqishlarini oshirish hamda sog'lom turmush tarzini targ'ib etish maqsadida, 06.02.2020 - yilda “Gidromelioratsiya” fakulteti Yoshlar ittifoqi yetakchisi va faol talabalar bilan birgalikda sportning "Armwrestling" turi bo'yicha, 4-talabalar turar joyida musobaqa tashkil etildi. Unda “Gidromelioratsiya” fakultetining talabalari ishtirok etishdi. O'tkazilgan tadbirda talabalar faol qatnashib, g'olib bo'lgan talabalar diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlanishdi.

“Gidromelioratsiya” fakulteti  yoshlar yetakchisi  N. Olimjonov axboroti

Institut matbuot xizmati R. Jumaniyozov