O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12- sentyabrdagi «Aholining kam ta’minlangan qatlamini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3268 sonli qarori asosida institutga biriktirilgan “Mustaqillik” maxalla yoshlari va aholisini qo‘llab-quvvatlash manzilli dasturlari ma’qullangan bo‘lib, institutimizning professor-o‘qituvchilari Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Mustaqillik” mahallasiga davriy ravishda tashrif uyushtirib maxalladagi 14 yoshgacha farzandlari bo‘lgan oilalar, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash tadbirlari olib borilmoqda.
Jumladan, 4-iyun kuni professor-o‘qituvchilar mahalladagi kam ta’minlangan va temir daftarga kirgan yoshlar bilan suxbat uyushtirilib ularga sovg‘alar ulashishdi. Oloy mavzesida 7 uy 39 xonadonda yashovchi Razgon Igor’ Maksimovich va Oloy mavzesi 12 uy 36 xonadonda yashovchi yolg‘iz boquvchisi yo‘q ayol Avenesova Karina Sergeevna bilan uchrashib ularning muammolari yuzasidan suxbat o‘tkazilib sovg‘alar berildi.
TIQXMMI matbuot xizmati