Talabalar o‘quv-tanishuv amaliyotida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmonida 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasidagi 4.4. “Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish” va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3702 – sonli “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorning 9-bandida,

 

“Korxona va tashkilotlar obyektlarida talabalarning amaliyotini tashkil qilish va ustoz-shogird tizimi asosida o‘tilishini ta’minlash hamda talabalarni ishlab chiqarishning yangi me’yoriy xujjatlari, zamonaviy informatsion dasturiy ta’minot mahsulotlari bilan yaqindan tanishtirish” vazifalaridan kelib chiqan holda talabalarni nazariy olgan bilimlarini mustaxkamlash uchun ishlab chiqarish korxonalardagi jarayonlarni bevosita o‘rganish maqsadida institutimizning “Qishloq va suv xo‘jaligi elektr ta‘minoti” fakulteti professot-o‘qituvchilari T. Bayzakov, Sh. Yusupov va N. Aytbayevlar 5430500 – Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti bakalavr ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabalarining “Mutaxassislikka kirish” fanidan o‘quv-tanishuv amaliyoti 2021 yilning 5 may kuni “O‘ZBEKGIDROENERGO” AJ ga qarashli Chorbog‘ GESi da bo‘lib o‘tdi.  O‘quv-tanishuv amaliyotida talabalar juda katta qiziqish bilan qatnashdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

       

 

 

QSXET fakulteti “Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasi assistenti N.A. Aytbayev axboroti

TIQXMMI matbuot xizmati