Kelajaging uchun ovoz ber

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosarining 2021-yil 21-sentyabrdagi 51-sonli yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash, Oliy ta’lim muassasalarida saylov jarayoniga puxta va yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rish, professor-o‘qituvchilar va talaba yoshlarning mazkur siyosiy tadbirda faol ishtirok etishi bilan bog‘liq keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini tashkil etish maqsadida TIQXMMI Qarshi filiali da Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limi bilan hamkorlikda 7-oktyabr kuni “Saylov – 2021: Kelajaging uchun ovoz ber” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Taklif etilgan mutaxassislar tomonida saylov jarayonlarida ilk marotaba ishtirok etish arafasida turgan yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi uchun bo‘layotgan saylov, Saylov kodeksi hamda saylov qonunchiligi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i.

Bunyod Ro‘ziqulov axboroti

Matbuot xizmati rahbari Farrux Najimov