Buyuk tarixdan quvvatlanib - buyuk kelajak sari!

Yosh avlodni tariximizga, buyuk shaxslarga, ajdodlarimiz merosiga yuksak hurmat va e’tibor ruhida tarbiyalashda muzeylarga tashrif buyurish va ular bilan tanishtirish muhim ahamiyat kasb etadi.

“Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi assistentlari T.U.Apakxujayeva va D.Sh.Allayorovlar «Gidromelioratsiya» fakultetining “Suv xo‘jaligida innovatsion texnologiyalar va ulardan foydalanish” ta’lim yo‘nalishi 107-guruhi va “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” ta’lim yo‘nalishi 101-guruhi talabalari bilan 2019 yil 6 sentyabr kuni “Temuriylar tarixi” davlat muzeyiga tashrif buyurdilar.

Amir Temur va Temuriylar davrida ilm-fan, maorif va madaniyatning yuksak darajadagi taraqqiyotini haqqoniy aks ettirish va keng targ‘ib qilish, chuqur insonparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan tarixiy yutuqlarimiz va an’analarimiz asosida yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash asosiy maqsadlardandir.

Toshkent shahrida barpo etilgan Temuriylar muzeyi bilan tanishish davomida har bir talaba o‘zida vatanga va uning tarixiga muhabbat, milliy g‘urur, faxrlanish tuyg‘ularini his qilgani aniq. Ular har bir eksponat oldida chuqur qiziqish bilan uzoq tomosha qilishlari va ular haqida bilish maqsadida berayotgan har bir savollaridan ham shuni anglash mumkin. Muzeyga qilingan tashrifdan olingan taassurotlar talabalar qalbidan chuqur joy oldi.

Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov