Kitob haqida davra suhbati

Kitob – insonning yaqin do'sti, suhbatdoshi, sirdoshi. U kishining dunyoqarashi, soz boyligini oshiradi. Amerikalik olim, yozuvchi Nil Geyman olib borgan tadqiqot natijasi shuni ko'rsatdiki, kitob mutolaa qilmaydigan bolalar kelajakda bezori bo’lib ulg’ayishi ehtimoli yuqori ekan. Shu bilan birga, kitob o'qish odamlarni empatiyaga – faqat oz xohish-istaklari va manfaatlarini o'ylashdan voz kechib, umumiy maqsad yo’lida birlashishga undaydi. 

Xuddi shu maqsadda 8 - oktabr kuni 2 - talabalar turar joyida tarbiyachi pedagog, psixolog Dilorom Sagdullayeva, GTQ fakulteti katta o'qituvchisi Muslimov. T.D va TJICHAB kaferdrasi assistenti A/Nigmatov boshchiligida "Kitobni sev, uni ardoqla" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Talabar TTJda qanday badiy adabiyotlar oqishyotgani haqida  savol - javoblar bo'ib o'tdi.  Badiiy adabiyotlarni o’qib turish tavsiya etildi. Kitob ko'p oqish tanloviga start berildi. Kitobxonlik tanlovida faol ishtirok etgan talaba taqdirlanib borishi xaqida ta’kidlab o'tildi. Tadbirda QSXET, GTS talabalari faol qatnashishdi.

QSXET talabasi Otabekov.M.A  axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov