Toshkent irrigatsiya va qishlok xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filialida 2019 yil 8 noyabr kuni Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida “Kitob – qalb gavhari” mavzusida S.Nasafiy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir talabalar bilan ochiq muloqot shaklida tashkil etildi. Tadbirni ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari H.A.Ravshanov olib bordi. Tadbirga S.Nasafiy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi umumiy xizmat ko‘rsatish bo‘limi mudiri M.Porsieva, uslubiyot bo‘limi mudiri Sh.Isaeva, bibliografiya bo‘limi mudiri R.Rajabovalar tashrif buyurishdi. Shuningdek TIQXMMI Qarshi filialidan “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limi boshlig‘i B.Ro‘ziqulov, ARM rahbari F.Abdinazarova, “Ta’lim sifatini nazorat qilish” bo‘limi boshlig‘i O.Primov 17 nafar akademik guruh murabbiylari hamda 258 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbirda talabalar O‘zbek va jahon adabiyoti asarlaridan tuzilgan savol-javob viktorinasida ishtirok etib o‘z bilimlarini namoyish etdilar. Viktorinada faol ishtirok etgan talabalarga esdalik sifatida kitoblar sovg‘a qilindi. Talabalar tomonidan berilgan savollarga tadbir qatnashchilari tomonidan aniq, qisqa va tushunarli tarzda to‘laqonli javob berildi. Tadbir qiziqarli va munozaralarga boy tarzda ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov