«Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash» mutaxassisligida tahsil olgan 216-guruh magistrantlarining 29 iyundagi Magistrlik dissertatsiya himoyasi savol-javoblarga boy va muvaffaqqiyatli o‘tdi. Har bir magistrant berilgan mavzu doirasida atroflicha yondoshib, ilmiy va texnik yechimlar berishga, zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga harakat qilgani himoyani taassurotlarga boy bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Xususan, texnik yechimlar doirasida maketlar yasalgani, videoroliklar taqdim etilgani mazkur yo‘nalishning kadrlar tayyorlashdagi salohiyatini ochib berdi. Komissiya a’zolari tomonidan berilgan savollarga o‘z fikr- mulohazalaridan, egallangan bilimlaridan kelib chiqib javob bergan magistrantlarimizning barchasi o‘z tavsiya va ishlanmalarini muvaffaqqiyatli himoya qilishdi. Mutaxassislik bo‘yicha yettita magistrantimiz tahsil olgan bo‘lsalar barchalari aniq bir fikrni, muammoga nisbatan yechimni ilgari surganlari, Prezidentimizning qaror va farmonlarida yuklatilgan vazifalarni ta’minlash maqsadida maqbul tavsiyalarni ishlab chiqqanlari fikrimizning isboti bo‘ldi. S.Xolova, S.Melikuziev, I.Turdibekov, S.Orziev, S.Suyunov, M.Axmadqulov, Q.Ro‘ziqulovlar tomonidan mexanizatsiya sohasini yanada takomillashtirish maqsadida olib borilgan kichik tadqiqotlardan kelib chiqib, berilgan tavsiyalarni amaliyotga tadbiq etish o‘rinlidir. Dissertatsiya himoyasi yakunida akademik Sh.Yo‘ldashev magistrantlarimizga katta ishonch bildirib, himoyadagi kamchiliklari va ustunliklari haqida o‘z fikr -mulohazalarini bildirdilar va keyingi ilmiy-tadqiqot ishlarida ulkan zafarlar tiladilar.
«Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash» mutaxassisligi magistri S. Xolova axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov