Tanlov ham sinov

Test ana shu maqsadni amalga oshirishning muhim shartlaridandir. Kim nimaga qodir, kimning bilim-saviyasi qay darajada. Buni bilish, rag‘batlantirish kelajak poydevori uchun muhim. Ayniqsa, uchinchi renessansning tamal toshini bilimga intilgan, ilm-ma'rifatli avlod quradi. Bu ayni haqiqat. Buning uchun mamlakatning ravnaqi ikki asosga tayanadi. Bu yoshlik va sog‘lik tushunchalaridir. Xuddi shuni nazarda tutgan holda, Davlatimiz rahbari yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va xalqimiz salomatligini davr talabi, zamon taqozosi sifatida e'tirof etib yil nomini bevosita ana shu maqsad bilan bog‘laganlari bejiz emas. Yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning muhim omillaridan biri ularning bilimi, ularga berilayotgan ta'limning sifati masalasidir.

Xuddi shu sa'yi harakatning ifodasini TIQXMMI Qarshi filiali huzuridagi Akademik litseyda ham ko‘rish mumkun. Tanlovda ro'yxatdan o'tgan o'quvchilar ishtirokida test jarayonlarini boshlashdan oldin Litsey direktori Yo. Q. Toshmurodov so'zga chiqib, barcha o'quvchilarga omad tiladi va barcha o'quvchilar nazoratchilar boshchiligida guruhlarga bo'lindi. TIQXMMI Qarshi filiali huzuridagi Akademik litseyda o'tkazilayotgan olimpiada jarayonlarini suratga olish uchun Qashqadaryo televideniyesidan muxbirlar tashrif buyurgani ahamiyatlidir. Test jarayonlari o'z nihoyasiga yetdi. Oliy mukofotni Qarshi tumani Shirkent qishlog'i 24-maktab o'quvchisi Haqberdiyeva Mashhura Habib qizi 58 ball bilan qo'lga kiritdi. Olimpiada g'oliblari o‘z xursandchiliklarini oila a'zolari bilan bo'lishmoqda. Bu ota-onaning shon-u sharafidir.

TIQXMMI matbuot xizmati