“Gumanitar fanlar” kafedrasi professori, ustozimiz Nazarov Qiyomiddin Normirzaevich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasining 2021-yil 4-martdagi AF–213 sonli farmoyishi bilan “Mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy sohada yangi tizim yaratish, joylarda targ‘ibot-tashviqot ishlarining samaradorligini oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha Respublika ekspertlar guruhi” doimiy a’zoligiga tayinlandi. Hukumatimiz tomonidan institutimiz professor-o‘qituvchilariga ko‘rsatilayotgan e’tiborni qadrlaymiz. Institutimizda ma’naviy-ma’rifiy sohaga mas’ul bo‘lgan barcha professor-o‘qituvchilar nomidan ustozimizni ushbu yuksak e’tirof bilan chin yurakdan muborakbod etamiz.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati