"UZ CLAAS SERVICE" OAJ, QK korxonasi bilan hamkorlik

Оliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi hamkorligini yangi bosqichga ko‘tarish, ilmiy-tadqiqot ishlarini ishlab chiqarishning aniq muammolariga yo‘naltirish maqsadida, joriy yilning 6-may kuni “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish” fakultetining “Mashinalardan foydalanish va ta’mirlash” kafedrasi professor-o‘qituvchilari: dots. P.T. Berdimuratov,  dots. N.A. Xoliqova, ass. N. Razikov va laboratoriya mudiri E. Usmanovlar "UZ CLAAS SERVICE" OAJ, QK korxonasiga tashrif buyurishdi.

Innovatsion texnologiyalarni hayotga tatbiq etish, ilm-fan, fundamental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari asosida qishloq xo‘jaligi tarmoqlari va sohalarida ilm-fanning zamonaviy yutuqlarini joriy etish, korxonasi bilan hamkorlikda o‘quv-ilmiy markazlarni bosqichma-bosqich tashkil etish orqali akademik fan bilan oliy ta’lim va ishlab chiqarishning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash, yoshlarning ijodiy va intellektual salohiyatini amalga oshirish uchun shart-sharoitlarni yaratish, yosh olimlarni qo‘llab quvvatlash bo‘yicha maqsad va vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar.

YBIB bo‘yicha dekan muovini K.Usmonov axboroti

                            TIQXMMI matbuot xizmati