SUSADICA loyihasi doktorantlari bilan hamkorlik qilish istagida bo‘lgan TIQXMMIning talabalari va magistrantlari diqqatiga!!!

SUSADICA loyihasi doktorantlari bilan hamkorlik qilish istagida bo‘lgan TIQXMMIning talabalari va magistrantlari diqqatiga!!!

  1. Agar siz ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etishni istasangiz va bevosita qatnashish orqali ilmiy metod va usullarni o'rganishga bo‘lgan qiziqishingiz bo‘lsa;
  2. Agar siz Germaniyada o‘qish va istiqomat qilish to‘g‘risida ma'lumot olishni istasangiz hamda siz hamkorlikda ish olib borgan doktorantdan qanday qilib ilmiy darajalarni (magistirlik, doktorlik..) egallash sirlarini o‘rganish istagingiz bo‘lsa;
  3.  Magistrlik dissertatsiyasini yozishda ilmiy mavzuingizni hamkorlikda ish olib borayotgan doktorant ilmiy ishining bir qismiga bog‘lash orqali birgalikda yozishni istasangiz hamda yig‘gan materiallaringiz va o‘rganganlaringiz orqali doktorant bilan xalqaro jurnallarga ilmiy maqolalar chop etishni xoxlasangiz;
  4. Ilmiy salohiyatingizni oshirish va shaxsiy rivojlanishingiz uchun zarur bo‘lgan kitoblarga boy bo‘lgan SUSADICA kutubxonasidan foydalanish va turli ilmiy mavzular to‘g‘risida tashkil etiladigan modul kurslarga ishtirok etish istagingiz bo‘lsa;

Agar .... ha yana ijobiy tomonlari bor ! (Ha aytgancha, Sizdan biroz ingliz tilini bilish talab etiladi. Hamkorlikda ish olib borish orqali til bilish darajangizni o‘stirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz)

Quyidagi link orqali ro‘yxatdan o‘ting va bizning doktorantlar bilan birgalikda ish olib boring. 

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScsd_UL0vVMgC9HTF1CGSBC84BhoeAvLunXcM0Rf1xXfiS-Vg/viewform

Qabul qilish muddati: 20 iyun 2020 yil.