Yutuqlarni tomosha qilish va erishilgan natijalarning hamkorlik zamiriga qurilishi mamlakatlararo o‘zaro manfaatga borib taqaladi. Shunday ekan, xorij davlatlarida erishilgan zafarlarning samarasini ko‘rgazma zallarida namoyish etilishi an’anaviy tus olayotgani quvonarlidir.
Joriy yilning 5 oktyabrida “Yer resurslarini boshqarish” fakultetining 4 - bosqich 8 - guruh talabalari “O‘zekspomarkaz”da o‘tkazilayotgan xalqaro turizm vistavkasiga tashrif buyurishdi.
U yerda talabalar Xitoy xalq respublikasining tomchilatib sug‘orish qurilmalari bilan tanishishdi. Undan tashqari Xorazm san’atkorlari bilan birga o‘tkazilgan davra suhbati ham ularda yorqin taassurot qoldirdi desak, mubolag‘a bo‘lmasa kerak.
Guruh murabbiyi Z. Xafizova ma’lumoti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov