Zamon taraqqiy etgani sayin texnika texnologiyaga bo‘lgan talab orta boradi, bu esa mutaxassislarga o‘z ustilarida ishlash, yangiliklar yaratish va shu bilan birga ularni amaliyotda qo‘llash vazifasini yuklaydi.
5311000 “Texnologik jarayonlar va ishlab chikarishni avtomatlashtirish va boshqarish” bakalavriat yunalishi 1 bosqich talabalariga “Texnologik jarayonlar va ishlabchiqarishni avtomatlashtirish vaboshqarish kafedrasi dotsentit.f.n., Gaziyeva Ra’no Teshabayevna Mutaxassislikka kirish fanidan Gidrotexnika inshootlari, suv omborlari, nasos stansiyalarining avtomatik rostlash tizimlarida qo‘llanuvchi zamonaviy avtomatlashtirish qurilmalarimavzusida Ochiq ma’ruza o‘qidi. Ma’ruzada Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti fakulteti dekani Isakov Abdusaid Jalilovich, O‘quv-uslubiy boshqarma xodimlari hamda kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Ma’ruza o‘qituvchi talabalarga zamonaviy texnologik ishlab chiqarishjarayonlarini hamda quyidagilarni tushintirib o‘tdi:
-suv xo‘jaligidagi texnologik jarayonlarni nodavriy diskret transport harakatli yo‘nalishdagi uzluksiz harakatni birlashgan yoki bir-biriga bog‘liќ bo‘lmagan harakatli yo‘nalishga o‘tkazish asosida doimiy ravishda takomillashtirish.
-suv xo‘jaligini avtomatlashtirish sohasida jahon tajribasini ilmiy asoslab, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning optimal hajmi, uzluksizligini ta’minlash; boshqaruv algoritmlari va avtomatlashtirish usullarini takomillashtirish, seriyali avtomatika vositalarini qo‘llash;
-suv xo‘jaligi avtomatlashtirish ob’ektlarining statik va dinamik xususiyatlarini, matematik tavsifini aniqlash (modellashtirish).
-suv xo‘jaligida qo‘llanuvchi noelektrik kattaliklarni nazorat qilishda qo‘llanuvchi o‘zgartkichlarni qo‘llash maqsadida boshqaruv qurilmalari bilan ob’ekt orasidagi nazorat qilinuvchi kattaliklarning bir-biri bilan bog‘liqligini o‘rganish (fizik xususiyatlari, elektrik, optik, akustik, issiqlik, mexanik va h.k).
Avtomatlashtirish nuqtai nazaridan qaraganda suv xo‘jaligi uchun yangi agregatlar, mashinalar tizimini ishlab chiqish.
Ma’ruzachi o‘z ma’ruzasini talabalar bilan o‘zaro muloqot asosida, talabalarning fikr-mulohazalarini tinglab, to‘ldirib o‘tdi.
Mavzu so‘ngida talabalar va stajyor-o‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
O‘quv-uslubiy boshqarma uslubchisi Maftuna Tosheva axboroti