Dolzarb mavzudagi davra suhbatlari

9 dekabr kuni  2 - Talabalar turar joyiga Yoshlar bilan ishlash dekan orinbosari O. Ro'ziboyev tashabbuslari bilan IIB XPB profilaktik inspektorlari leytenant  Temur Egamberdiyev, Doniyor Zaripovlar taklif etildi.

 "Stop korrupsiya" va "Pirotexnika vositalari " mavzusida  davra suhbati bolib otdi.  Korrupsiya ko‘rinishidagi qonunbuzarliklarga barham berish uchun, birinchi galda, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini, qolaversa, korrupsiyaga qarshi murosasizlik muhitini kuchaytirish asosiy mezonlardan biri ekanligiga to‘xtalib o‘tdi. Notiq o‘z so‘zida mazkur jinoyatning oldini olishda hamkorlik zarurligini uqtirdi.

Aksariyat hollarda pora berish tashabbusi aynan fuqarolarning o‘zidan chiqayotganligini misollar asosida ko‘rsatib berdi. Jamiyatni halol va korrupsiyadan xoli hududga aylantirishga barcha birdek mas’ul hamda poraxo‘r kimsalarga qarshi kurashishda talabalarning harakati asosiy kuchga ega bo‘lishini anglab yetish shartligini qayd etdi.

Tadbir so‘ngida talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar javob berishdi. Shuningdek, Pirotexnika vositalari haqida ham to’xtab o’tildi. Ommaviy axborot vositalari pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanishi holatlari, bu qanday ayanchli oqibatlarga olib kelishi haqida ma’lumotlar berib turilgani sir emas. Tadbir tashkillashtirishda Tarbiyachi-pedagog psixolog Sagdullayeva Dilorom faol ishtirok etdi. GIM, GTS talabalari qatnashishdi

“Gidrotexnika qurilishi” fakulteti talabasi 2-sonli TTJ kengash a'zosi Abdulaziz Shomurodov axboroti

Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov