Joriy yilning 7 - dekabr kuni “Yer resurslarini boshqarish” fakultetida erta tongdan har bir guruhning Yoshlar ittifoqi yetakchilari darvoza yonida qator boʻlib saf tortishdi. Sababi ertaga 8 dekabr Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kuni. Shu munosabati bilan har bir guruh yetakchilari maxsus nishonlar tayyorlab, professor oʻqituvchilar va talabalarga bayram kayfiyatini ulashdi. Shundan soʻng fakultetning maʼruzalar zalida Oʻzbekiston Respublikasining asosiy qonuni, oliy qomusimiz boʻlmish Konstitutsiyamizning 26 yillik munosabati bilan fakultetimizning iqtidorli talabalari oʻrtasida “Siz qonunni bilasizmi” shiori ostida tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbir juda qiziqarli tarzda oʻtdi. Unda ishtirok etgan talabalarni fakultet dekani Z. Muqimov tomonidan faxriy yorliqlar topshirildi.
YERB fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov