Ta’lim jarayonini samarali olib borish, amaliy mashg‘ulotlarda talabalarning faolligini oshirish, ularni kreativ fikrlashga undash hozirgi kundagi darslarga qo‘yiladigan asosiy talablardan biridir. “Yer tuzish va yerdan foydalanish” yo‘nalishi 2 - bosqich 204 - gurux talabalari bilan Durdona Mustafoeva rahbarligida “Kasbiy psixologiya” fanidan amaliy mashg‘ulotlar ham aynan shu talab asosida olib borilmoqda.
Talabalarning o‘z fikrlarini teran bayon etishlari, berilgan topshiriqlarni o‘zaro baxs-munozara, rolli o‘yinlar va disput kabi pedagogik texnologiyalarga tayangan holda bajarishlariga erishish, qolaversa, talabalarning mashg‘ulotlardagi faolligini yanada oshirish, ularda nutq madaniyatini yuksaltirish va mustaqil ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish asosiy maqsad etib belgilangan.
TIQXMMI matbuot xizmati