Institutimiz talabalarining kelajakda o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali kadr bo‘lib chiqishida ishlab chiqarish korxonalarining o‘rni juda yuqori. “QSXET” fakulteti “Elektr energetikasi (s/x)” ta’lim yo‘nalishining 4-kurs 10-guruh talabalari “5+1” dasturi asosida “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi assistenti A. Sanbetova boshchiligida “Uzkabel” qo‘shma korxonasiga “Elektr energiyasi uzatish va taqsimlash” fani bo‘yicha amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishdi.
Bo‘lim boshliqlari va tajribali mutaxassislar korxonaning umumiy faoliyati hamda bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida talabalarga to‘liq ma’lumot berishdi. Korxona mutaxassislari talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga “master klass” usulida amaliyotda bajarib javoblar berdilar.
Ma’lumot beruvchi ETvaQTEM kafedrasi assistenti A.Sanbetova
TIQXMMI matbuot xizmati