Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor

Insoniyat faqat ilm-ma-rifat orqaligina saodatga erishadi. Adabiyot milliydir, u har bir xalq madaniyatining tarkibiy qismi hisoblanadi. Xalqning tarixiy hayoti hamda ruhiyatidagi xususiyatlar adabiyotning milliyligi mazmunini tashkil etadi va o’ziga xos milliy shaklni yuzaga keltiradi. Institutimizning “Qishloq va suv xo’jaligi energiya ta’minoti” fakultetininng TTTEM 1-kurs talabalari guruh murabbiylari A. Mustafoqulov va A. Pardayevlar rahbarligida "Adiblar xiyoboni"ga tashrif buyurdilar. “Garchi bu dargohga birinchi tashrif bo’lmasa-da adiblarning siymolarini ko’rgan zahoti ongimiz ma’naviy ozuqa  oladi”  - deyishdi  talabalar.

Darvoqe, ijodkor olam va odam haqida avvalgidan farqli o’laroq, sog’lom fikrlash, ya’ni adabiyot nuqtai nazaridan ko’proq bilishga intiladi. Natijada olamni, odamni, ularning tuyg’ularini turlicha ifodalaydigan badiiy asarlar yaratish - bugunning dolzarb vazifasiga aylandi. Istiqlol adabiyotida tasvirlanayotgan inson o’zining bashariyat, Vatan, el-yurt oldidagi mas’uliyatini chuqur his etgan holda namoyon bo’lmoqda. Demak, xalq hayotidagi istiqbolli davr adabiyoti yuqori bosqichga ko’tarildi, uning mazmun va shakli yangilandi hamda boyidi.

     TIQXMMI matbuot xizmati