2019 yil 8 may kuni Toshkent viloyati, Parkent tumani, Olimjon Yunusov ko‘chasida istiqomat qiluvchi Afg‘onistonda harbiy xizmatda halok bo‘lgan TIQXMMI sobiq talabasi Olimjon Yunusovning, Toshkent viloyati Chirchiq shahri Yumaloq qo‘rg‘oni Ramazon ko‘chasi 43 - uyda istiqomat qilgan, o‘z harbiy xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda halok bo‘lgan kichik serjant Saidazimov Janibek Umaralievichning xonadoniga tashrif uyushtirildi.
Marhum Olimjon Yunusovning otasi Sobirjon Yunusov va marhum J.Saidazimovning xonadonida otasi Saidazimov Umarali hamda onasi Saidazimova Akjarkanlar bilan Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Q. Shavazov va Harbiy kafedra boshlig‘i R.Minlishev va Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi metodisti K.Eshboltaevlar uchrashib, ularga “9 may - Xotira va qadrlash kuni” bayrami munosabati bilan sovg‘a - salomlar ulashildi.
Ushbu tashriflar davomida bir piyola choy ustidagi suhbatlarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning «Hech shubhasiz, Vatan oldidagi burchini ado etish chog‘ida yurtimiz ozodligi, xalqimizning bugungi tinch va osoyishta hayotini ta’minlash yo‘lida halok bo‘lgan mard va jasur o‘g‘lonlarimizning aziz xotirasiga ehtirom ko‘rsatish biz uchun ham farz, ham qarzdir», degan fikrlari ularga kuch bag‘ishlab, ertangi kun, farzandlar kelajagiga ishonch bilan yashashga undayotganligiga yana bir bor amin bo‘ldik.
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov