Talabalar o‘rtasidagi Respublika onlayn fan olimpiadasining 2-bosqichi uchun ro‘yxatdan o‘tish 17.05.2021 dushanba soat 09:00 dan boshlanadi.

Hurmatli talabalar!
 

Talabalar o‘rtasidagi Respublika onlayn fan olimpiadasining 2-bosqichi uchun ro‘yxatdan o‘tish 17.05.2021 dushanba soat 09:00 dan boshlanadi. Ro‘yxatdan o‘tish 24.05.2021 soat 09:00 gacha davom etadi.
Diqqat! olimpiada.edu.uz tizimidan faqat Oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan olimpiadaning 1-bosqichidan muvafaqqiyatli o‘tganlargina ro‘yxatdan o‘tib, onlayn olimpiadada qatnasha oladi.

Eslatma! Talaba pasport seriyasi orqali faqat bir marta ro‘yxatdan o‘tish imkoniga ega. Talaba tizimdan faqat bitta fan orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin va keyinchalik test topshirish fanini hamda test topshirish tilini o‘zgartira olmaydi! 

Ro‘yxatdan o‘tishga ulgurmaganlarning e’tirozlari ko‘rib chiqilmaydi. Olimpiada o‘tkazilish sanalari olimpiada.edu.uz tizimida e’lon qilinadi. Tizimdan foydalanish yo‘riqnomasini quyida yuklab olishingiz mumkin:

 Yo‘riqnoma