Tut ipak qurti g‘umbagini jonsizlantirish va quritish elektr texnologiyasi mavzusida seminar tashkil etildi

Bugungi kunda pillachilik sohasida O‘zbekistonning dunyo bo‘yicha tutgan o‘rni tobora mustahkamlanib bormoqda. Bunda albatta mamlakatda pilla yetishtirish xajmining ortishi ko‘rsatgichlari bilan bevosita bog‘liqdir. Pilla yetishtirish va unga dastlabki ishlov berish texnologiyalarini yanada takomillashtirish, ularda yangi texnologik echimlarni qo‘llash natijasida pilladan olinadigan ipak hajmi va sifatini oshirish ustuvor vazifa sifatida ko‘plab olimlar tomonidan o‘rganilgan. Ana shunday samarali texnologiyalardan biri sifatida Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish kafedrasi dotsenti O‘.Xoliqnazarov tomonidan ilgari surilayotgan g‘oya taxlili “Tut ipak qurti g‘umbagini jonsizlantirish va quritish elektr texnologiyasi” mavzusidagi seminarda taxlil qilindi.

Seminar davomida hozirgi kunda pillaga dastlabki ishlov berishda qo‘llanilib kelinayotgan texnologiya va texnik qurilmalar xaqida ma’lumotlar keltirildi. Tut ipak qurti g‘umbagini jonsizlantirishda o‘ta yuqori chastotali (O‘YuCh) elektr magnit maydon ta’siridan foydalanish taklifi, o‘ta yuqori chastotali (O‘YuCh) elektr magnit maydon ta’siridan foydalanib tut ipak qurti g‘umbagini jonsizlantiruvchi elektr texnologik qurilmasining texnik ko‘rsatgichlari, va ushbu qurilmaning amaldagi СK-150K pilla g‘umbagini jonsizlantirish qurilmasiga nisbatan iqtisodiy samaradorligi ko‘rsatgichlari soha mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi. Seminar davomida mutaxassislar mavzusning dolzarbligi, yangi imkoniyatlarni taqdim etish qobiliyati va uni amalga oshirish davomida erishiladigan yutuqlar hamda mavjud holat haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi. Seminar so‘nggida Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish kafedrasi mudiri, t.f.n. dotsent A.Berdishev bunday seminarlarni tashkil etilishi yangi g‘oyalarning yanada rivojlanishiga, takomillashishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aytib o‘tdi. Seminar so‘nggida Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish kafedrasi mudiri, t.f.n. dotsent A.Berdishev bunday seminarlarni tashkil etilishi yangi g‘oyalarning yanada rivojlanishiga, takomillashishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aytib o‘tdi.

TIQXMMI matbuot xizmati