O'zbekiston Respublikasi Prezidentining №3117-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan "Qishloq xo'jaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi"da Janubiy Koreya Respublikasi bilan hamkorlikdagi grant dasturi asosida Koreya Respublikasining yetakchi ilmiy tadqiqot muassasalari CAMTIC (Mechatronics Advanced Technology Institute for Commerzalitation), KIAT (Korea Institute for Advancement of Technology), Jeonbuk Techno Park (JBTP) va Koreya savdo, sanoat va energetika vazirligi (Ministiry of Trade, Industry and Energy) bilan hamkorlik asosida doimiy ravishda tashkil etilib kelayotgan o'quv kurslarining navbatdagi bosqichi o'tkazildi.
Mazkur kurslar 2 hafta davom etib ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarni Koreyadan tashrif buyurgan professor o'qituvchilar olib borishdi. Birinchi haftadagi «CNC Machining» bo'yicha ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarni professorlar Dongwan Oh va Jungho Lee olib borishgan bo'lsa «Electrical, hydraulic and pneumatic system» bo'yicha mashg'ulotlarni esa elektrik, pnevmatik va gidravlik uskunalar ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda mashhur Germaniyaning «Festo» kompaniyasi mutaxassislari Jaewon Choi va Taeyun Kimlar olib borishdi.
Quvonarli tomoni shundaki, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining doktoranti Axmedov Sherzodbek va bir guruh talabalari QXM fakultetining 304-guruh talabasi Ro'ziboyev Sobir va ushbu fakultetning sirtqi bo'limi 1-bosqich talabasi Ishmatov O'ktam, QSXET fakulteti 301-guruh talabasi Mansurov Zuhriddin va GIM fakulteti 302-kurs talabalari Osarov Shohjahon, Jurayeva Nabira, Habibullayeva Tamannolar ham ushbu kurslarda faol qatnashishdi.
Ular o'zlarining bilimlarii, xorijiy tillarda bemalol so'zlasha olishlari bilan xorijlik mutaxassislarning ham etiroflariga sazovor bo'lishdi hamda ularga ta'lim berayotgan ustozlariga, institut rahbariyatiga minnatdorchilik ramzi sifatida institut nomiga ham sertifikat taqdim etildi. Institut talabalarini, qiziquvchilarni kurslarga jalb etgan inson esa TIQXMMI doktoranti Axmedov Sherzodbek bo‘lib, mas'ul "Qishloq xojalik mashinasozligi konstruktorlik markazi"ning direktor o'rinbosari Ibodullayeva Lobarxondir.
Hamkorlik rishtalari mustahkam bo‘lishi taraqqiyotimizga o‘zining ijobiy ta'sirini o‘tkazmasdan qolmaydi.
Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov