“Gidromelioratsiya” fakulteti Suv xo'jaligi va melioratsiya yo'nalishi 401 -guruh talabalari guruh murabbiysi “E va SRB” kafedrasi dotsenti Ravshan Boyirov bilan birgalikda O’rta Osiyoning asosiy qon tomirlaridan biri bo’lmish Sirdaryo daryosiga ekskursiya uyushtirishdi. Ekskursiya davomida talabalar baliq ovi bilan birgalikda ma'naviy va madaniy hordiq olishdi (shu o'rinda, daryo havzasi tushunchasi va baliqichilik sektorining nozik masalalari to'g'risida amaliy va nazariy leksiya ham bo'lib o'tdi).
Bu tadbirdan maqsad guruhdagi barcha talabalar bilan birgalikda talabalikning oltin davrini his qilishdan iboratdir. Xalqimizda “Yaxshi dam mehnatga hamdam” degan maqol bor, tom ma’noda bu maqolni “Yaxshi dam yahshi o’qishga hamdam” deb aytish mumkin! Chunki bu tadbir bu haftadan boshlanadigan talabalikning eng so’nggi imtihonlarini a’lo darajada o’tkazishga sabab bo’ladi! Institutimizning barcha talabalarini imtihonlardan oldin Tabiat qo’yniga sayohat uyushtirishga tavsiya beramiz!
TIQXMMI matbuot xizmati